Profil
Markaziy Osiyo

O‘zbekiston poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar bo‘lgan Toshkentga zamonaviy sayohat.Ajoyib darajada yaxshi saqlanib qolgan qadimgi Xorazmni cho’l qasrlari, Xiva shahrida (Ichanqal’a), atrofi loy g'isht devorlar bilan o'ralgan ochiq osmon ostidagi muzeyini o'rganishingiz mumkin.YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan maftunkor Eski Buxoro shahriga tashrif buyurishingiz. Jumladan: Raboti Malik karvonsaroyi; Chashmai Ayub maqbarasi; Labi Havuz va Ismoil Somoniy mavzoleyi; Sarmishsoy darasi; Abdullaxon bandi shular jumalasidandir.Samarqandning ajoyib Registon memoriy kompleks mo'jizalari, hamda “Shohi Zinda”, Ulug’bek Observatoriya, Bibi Xonim, Amir Temur qabri; shovqin-suron bozorlaridan bahramand bo’lishingiz va qog‘oz yasash kabi an’anaviy hunarmandchiliklari bilan tanishishingiz mumkin.Bundan tashqari: Shahrisabz; Zarautsoy petrogliflari; Hisor tog‘lari; Boysun shahri; Oq Ostona bobo maqbarasi; Termiz shahri; Zomin tog‘lari; Shohruhiya shahri; Qanqatepa; Poykent; Qadimgi Pop shahri; Axsikent shahri; Qo‘qon shahrining tarixiy markazi; Farg‘ona; Shohimardon; Andijon; YUNESKO butunjahon merosi obektlaridir;Shuningdek, nafaqat O'zbekiston balki Markaziy Osiyo bo’ylab shaxsiy turlarni kengaytirishni taklif qilishimiz mumkin.

Nurota

Oʻzbekistonning Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar.Nurota Oʻzbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Shahar dastlab X asrda Narshaxiyning Buxoro tarixi asarida Nur shaklida (shu yerdagi mashhur Nur chashmasi nomidan) tilga olingan.Nurotaning ulkan boyligi uning marmar konidir. Shahardagi „Nurotamarmar“ sanoat korxonasi ushbu kon xom ashyosi asosida ishlayapti. Shuningdek, Nurotada non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, „Nurbuloq“, „Nurobod“ aksiyadorlik jamiyatlariga qarashli korxonalar, bir necha bozor, savdo doʻkonlari, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Maktab, pedagogika, qishloq xoʻjaligi kasbhunar kollejlari, 7 ommaviy kutubxona, klub, Chashma oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Nurotada 2 kasalxona, 10 dorixona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud.Xalq amaliy sanʼat va hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan. Nurota ustalari tomonidan tayyorlangan duradgorlik, temirchilik, chilangarlik, quruvchilik, kulolchilik, miskarlik, kashtachilik, zargarlik mahsulotlari hamisha xaridorgir boʻlib kelgan.Nurotada antik davrda qurilgan Nur qalʼasi qoldiklari (uni Iskandariya, Iskandar qalʼasi ham deyishgan), Pirosta mudofaa devori qoldiqlari va qadimgi korizlar sistemasi (taxminan miloddan avvalgi IV—III asrlar), Chilustun jome masjidi (XIX asr —-XX asr boshlari), Katta Gumbaz masjidi (1582—1590-yillar), Sayidota, Oqmasjid, Bargsoʻz masjidlari (XIX asr oxiri — XX asr boshlari), Sudur Bobo hammomi (1928-yil) kabi meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan. Shaharda Mozori Sang Andoz (Paxlavon Ahmad Zamjoi), Shoiris (Bibisitam Tagalbos), Mozori bandikusho (Hoji Burhoniddin Jarroh), Chilla mozor (Xoja Ubaydullo Jarroh), qadimgi Nur chashmasi kabi ziyoratgohlar mavjud.

Yangig’ozgan cho’llari

Yangig’ozg’on cho’llari O’zbekistonning Nurota shahridan uncha uzoqlikda bo’lmagan o’tov lagerlari, o’zining tabiiy ajoyib iqlimi va yovvoyi tabiati bilan ajralib turadi.Bu yerda kunduzi 40-50 gradus, kechasiga salqin havosi sizda hayratlanarli ta’surot qoldiradi. Tong otishi va kun botishining ajoyib suratlarini korishingiz mumkin hamda tuyalarda sayr qilishingiz mumkin. Bu yerda bizning 30dan ortiq ko’chmanchi aholi qozoq o’tovlari barcha qulayliklari bilan o’rnatilgan. Yozning issiq kunlarida va qishning souq kunlarida shinam boshpana hisoblanadi. Har bir o’tovda milliy urf odatlar saqlangan holda bezatilgan. Kechqurun siz gulxan atrofida kuy va qo’shiqlar ostida mazali taomlardan bahramand bo’lasiz. Qozoq ovuli ham yaqin bo’lib siz aholi turmush tarzi bilan ham tanishishingiz mumkin. Tuya fermasida yangi sog’ilgan tuya sutidan ham ta’tib ko’rolasiz, bilasizki tuya suti - ming dardga davo hisoblanib, ayniqsa inson organizmida jigar faoliyatini tiklash xususiyatiga ega!

Yangigozg’on bilan orasi 30 km lik hududda joylashgan dam olishingiz va cho’milish uchun ajoyib plyajlardan biridir. Siz bu yerda nafaqat cho’milishingiz balki qumda ko’milishingiz mumkin. Tabiy oftob nurlarida qizigan qum ajoyib shifo manbaidir. Bu davolanishning qadimiy usullaridan bo’lib, Tabib Ibn Sino (Avetsina) tomonnidan “Psammoterapia” deb ataladi. Tabiiy qizdirilgan qum va sho’r suv inson organizidagi barcha shamollashlarni davolay olish xususiyatiga ham ega. Bu maskanda qulayliklariga ega 50 o’rinli mehmonxona ham mavjud bo’lib, sizni maroqli dam olishingiz uchun kutib qoladi.

Raqs sayohat

O’zbekistonning barcha viloyatlarida Raqs Sehri ananaviy o’tkaziladi. Ertaklar shahri Xiva va uning ajoyib lazgi raqsi, har qanday odamni o’ynatmasdan qolmaydi. "Lazgi" raqs turkumi ijrosida erkak va ayol raqs ustalari birday mahorat bilan oʻynaydilar. Xorazm folklorining yuragi hisoblanadi. Afsonaviy "Lazgi" Xorazm raqsi bu nafaqat raqs, balki his-tuyg‘ularni, hissiyotlarni, dunyoni anglashni ifoda etishning o‘ziga xos uslubi, odamlarning ruhiyatidir. "Lazgi" harakatlarining o‘ziga xos xususiyati - bu yarim bukilgan oyoqlar, yelkalar va qo‘llar salgina silkinishining ustunligi, qo‘llarning "tebranadigan" harakatlari, oyoqlar bilan o‘ziga xos harakatlar hamda bo‘yin va boshning o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga mashhur harakatlanishidir. Xorazm raqsini ijro etish paytida yuz ifodalari nihoyatda ta’sirchan va hissiyotli ko‘rinish oladi.Buxoro va Samarqandning o’ziga xos milliy raqslari mardonavor va shiddatli, yarim qayrilish, shox va charxlarga boyligi bilan ajralib turadi. Diqqatni tortadigan zardo’zlik sanati bn yo’g’irilgan liboslari diqqatingizni tortadi. Har bir viloyatning raqs va musiqasi o’ziga xosligiga ega.

Festival tur

O’zbekistonda har bir fasllarga turli xil bayramlar ko’rgazmalar o’tkaziladi. Shu munosabat bilan Xorijlik va mahalliy mehmonlarni dabdabali tantanali, o’ziga xos an’analari, maftunkor madaniyati va turli xil to’y marosimlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi.Mamalakatimizda Navro’z festivali, Ko’pkari, Palov tayyorlash mahurat darslari, Qovun, Anjir va mazali mevalar sayllari, Gular festivali, Kashtachilik bayramlari, shuningdek YUNESKO ga kirgan qadamjolarda karvonsaroy va bozorlar sayllari va shu kabi madaniy sayohatlarda ishtirok etishingiz mumkin. Siz ushbu marosimlarga qatnashgan holatda yangi yangi sarguzashtlarga boy mashrutlarni boshdan kechirasiz. Jumladan: Konsertlar spektakllar va badiiy o’rgazmalarda ranglarning g’alayonini, ipaklar jilosi va musiqaning quvonchli shiddatini his etasiz. O’zingiz bilan raqs poyafzalini olib olish yodingizdan chiqmasin. Ajoyib san’atning go’zalligi va zavqini his qiling. Mahalliy aholi bilan suhbatlashing va ularning mehmoni bo’ling. O’zbekistonning ipak yulidagi barcha afsonaviy shaharlariga tashrif buyuring!

Foto tur

O’zbekiston bo’ylab foto sayohatlar mintaqaning qadimiy tarixi, dunyoga mashhur obidalari, madaniyati va mahalliy aholining an’analari mehmondo’stligini o’zida mujassamlagan foto turlarga sayohat qiling! O’zbekiston bo’ylab qishloqlar, qir-adirlar, cho’l va tog’ landshaftlari, ustachilik , kulolchilik, kashtachilik mehnatlarini tajribali fotograflar hamrohligida foto ekspeditsiyalar tashil etamiz. Tabiatning go’zal lahzalarini biz bilan o’tkazing. Bu mashrutlarimiz kundalik tartibiga muvofiq erkin va hamfikrlashgan holatda taqdim etiladi.