Sayyohlik agentligimizda yuqori malakali tur operatorlar (Rus, ingliz, fransuz, nemis, yapon, turk va koreys) tillarida faoliyat yuritadi. Siz azizlarga turli xildagi, siz istagan madaniy va sarguzashtli sayohatlarni tashkillashtirishda sizga yaqindan yordam beradi.
Har bir sayyoh o'z sayohatlarini yaratish va tanlash imkoniyatiga ega. Agentligimiz individual va guruhlar bilan ham ishlaydi. O’zbekiston hamda O’rta Osiyo bo’yicha: (Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston) va butun dunyo bo'ylab sayohatlar dasturini tajribali hamkorlarimiz bilan birgalikda mamnuniyat ila sifatli xizmat ko’rsatadi.
Har bir xodim O‘zbekistonda turizm sohasida ham, xorijdagi xalqaro kompaniyalarda ham katta tajribaga ega. Mutaxassislarimiz o‘z bilimlarini oshirishda davom etmoqdalar: ular doimiy ravishda o‘rganib, malakalarini oshirib boradilar, tajriba almashadilar, mamlakatimiz va xorijda seminar va treninglarda qatnashadilar. "SHAHEREZADA TRAVEL" - bu yorqin shaxslar jamoasi!
YUNESKOning Markaziy Osiyodagi Jahon merosi!
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) dunyo bo‘ylab 1000 dan ortiq tarixiy ob’ektlarni insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini e’lon qildi.
Bu yerda bir yoki bir necha Markaziy Osiyo davlatlarida joylashgan YuNESKOning Butunjahon merosi obʼyektlari roʻyxatini taqdim etamiz. Markaziy Osiyo o'zining ming yillik tarixida o'z aksini topgan boy madaniy merosga ega. Ushbu mintaqaning madaniy merosini his qilishingiz uchun bizning jamoaviy sayohatlarimizni kuzatishingiz yoki o'zingizning shaxsiy sayohatingiz uchun so'rov yuborishingiz mumkin. Ayni paytda YuNeSKO ro‘yxatiga O‘zbekistondan 4 me'moriy majmua va nomoddiy madaniy merosning 5 obekti kiritilgan. Me'moriy majmualar Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabzning tarixiy markazlaridan iborat. 5ta nomoddiy madaniyat obekti esa Navro‘z, katta ashula, askiya va hokazolardan iborat.
Shuningdek, yana 30 obekt ushbu ro‘yxatga kiritilish bosqichida turibdi. Ta'kidlanishicha, ro‘yxatga kirish uchun asosiy da'vogarlar dorbozlik va iqat tikish metodikasidir.

.jpg)